SADO

Xizmatlar

Nima qilamiz

Ko'pincha bularning bir nechtasi bitta loyihada birga ketadi — qaysi biri kerakligini o'zimiz aytamiz.

Branding

Kompaniya yoki mahsulotingiz uchun to'liq brend shaxsiyatini yaratamiz — strategiyadan tortib vizual va og'zaki uslubgacha. Natijada mijozlaringiz eslab qoladigan, ishonch uyg'otadigan brend paydo bo'ladi.

  • Brend strategiyasi
  • Logotip va vizual identifikatsiya
  • Rang palitrasi va shriftlar
  • Brand guidelines hujjati

Yangi kompaniya yoki mahsulot chiqarayotgan, o'z brendini noldan qurmoqchi bo'lgan tadbirkorlar va startaplar uchun.

Rebranding

Mavjud brendingizni zamon talabiga moslab yangilaymiz — eski, ishlamayotgan elementlarni almashtirib, kuchli tomonlarini saqlab qolamiz.

  • Brend auditi
  • Yangilangan strategiya va positioning
  • Yangilangan vizual identifikatsiya
  • Yangi brand guidelines

Brendi eskirgan, auditoriyasi o'zgargan yoki yangi bosqichga chiqmoqchi bo'lgan mavjud kompaniyalar uchun.

Naming

Kompaniya, mahsulot yoki xizmatingiz uchun yodda qoladigan, ma'noli va huquqiy jihatdan toza nom yaratamiz.

  • Nom variantlari ro'yxati
  • Ma'no va assotsiatsiya tahlili
  • Domen va tovar belgisi tekshiruvi
  • Yakuniy tanlangan nom asoslanmasi

Yangi loyiha, mahsulot yoki kompaniya uchun nom qidirayotganlar, shuningdek mavjud nomini o'zgartirmoqchi bo'lganlar uchun.

UI/UX Design

Ilova yoki platformangiz uchun qulay, mantiqiy va yoqimli foydalanuvchi tajribasini loyihalaymiz.

  • Foydalanuvchi tadqiqoti
  • Information architecture
  • Wireframe va prototip
  • To'liq UI dizayn
  • Dasturchilarga tayyor fayllar

Mobil ilova, veb-platforma yoki dasturiy mahsulot yaratayotgan startaplar va kompaniyalar uchun.

Web Design

Brendingizga mos, tez va foydalanuvchiga qulay veb-sayt dizaynini yaratamiz.

  • Sitemap va struktura
  • Wireframe
  • Desktop va mobil dizayn
  • Interaktiv prototip
  • Development uchun tayyor fayllar

Yangi veb-sayt kerak bo'lgan yoki mavjud saytini yangilamoqchi bo'lgan har qanday kompaniya uchun.

Packaging

Mahsulotingiz javonda ajralib turadigan va mijozga to'g'ri xabar yetkazadigan qadoq dizaynini yaratamiz.

  • Qadoq strukturasi va shakli
  • Grafik dizayn konsepsiyasi
  • 3D mockup va vizualizatsiya
  • Bosmaga tayyor fayllar

Fizik mahsulot ishlab chiqaruvchi va sotuvchi brendlar, shuningdek mavjud qadog'ini yangilamoqchi bo'lgan kompaniyalar uchun.

Motion design

Brendingizni harakatga keltiramiz. Statik dizaynni jonli video hikoyalarga aylantiramiz.

  • Logotip animatsiyasi (intro)
  • Video-taqdimot
  • LED ekran uchun video-banner
  • Web sayt va Mobil ilovalar taqdimoti
  • Interface (UI) animatsiya

Diqqatni tortuvchi reklama, tushunarli video-taqdimot va sifatli UI-animatsiyalar orqali brendini ijtimoiy tarmoqlar, LED ekranlar hamda raqamli platformalarda ajratib ko‘rsatmoqchi bo‘lgan bizneslar, IT kompaniyalar va mahsulot egalariga.

Aloqa

Qaysi biri kerakligini bilmaysizmi?

Vazifangizni qisqacha yozing — mos xizmatni o'zimiz aytamiz va taxminiy muddat bilan javob beramiz.

Xizmat turi