Naming - Nomlash
Kategoriya
Naming
Muallif
Jahongir Shukurov
Sana
2026-08-12
O'qish vaqti
1 daqiqa o'qish

Logotipga, zo‘r saytga yoki reklamaga millionlab pulni sochib yuborishadi-yu, lekin nomga kelganda: "Bo‘laveradi, o‘g‘limning ismini qo‘ya qolaylik" yoki "Toshkent Mebel deb qo‘ya qol" deyishadi.
Nom qo‘yish brend uchun eng kam xarajatli, lekin eng ko‘p foyda keltiradigan strategik qaror.
Chunki mijoz sizning logotipingizni ko‘rmasdan, saytingizga kirmasdan va mahsulotingizni ushlab ko‘rmasdan oldin birinchi bo‘lib nomingizni eshitadi.
Tog'ri nom 3 ta narsani hal qilib beradi:
Eslab qolish: Qisqa va antiqa nom inson xotirasiga oson o‘rnashadi
Assotsiatsiya: Nom mahsulot yoki xizmat haqida to'g'ri tasavvur uyg'otadi
Unikallik: Bozorda yuzlab raqobatchi orasida ajralib turadi
Noto'g'ri tanlangan nomni reklamaga qancha pul tikib sudraganingiz bilan baribir brand bo'la olmasligi mumkun. Yaxshi nom o‘zi ishlaydi va kelajakda marketing byudjetingizni ancha tejaydi.
Aloqador maqolalar

